Polsha Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi davom etayotgan urush va Rossiya hukumati Polshani rasman "do‘stona bo‘lmagan" davlat deb e’lon qilgani sababli Polsha fuqarolariga Rossiyaga barcha sayohatlardan tiyilishni maslahat berdi.
Bu Polsha Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida chop etilgan rasmiy bayonotda aytilgan.
Tashqi ishlar vazirligi shuningdek, Rossiyadagi Polsha fuqarolariga "shaxsiy, oilaviy yoki professional holatlar mamlakatda qolishni talab qilmasa, uning hududini mavjud tijorat va xususiy vositalar bilan tark etishni" maslahat beradi.
Hujjatda Rossiyadagi Polsha fuqarolariga konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyatlari tobora cheklanib borayotgani ta’kidlangan. Bu Rossiya hukumatining Sankt-Peterburg va Kaliningraddagi Polsha bosh konsulliklarini yopish to‘g‘risidagi qarorlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu diplomatik va konsullik xodimlari sonining kamayishiga olib keldi. "Xavfsizlik holati keskin yomonlashganda, chegaralar yopilganda yoki boshqa kutilmagan holatlarda evakuasiya sezilarli darajada qiyinlashishi yoki hatto imkonsiz bo‘lib qolishi mumkin", deb ogohlantirdi vazirlik.