Rasmiy Minskning Polshaning Belarus havo chegarasini buzganligi haqidagi ayblovlari mutlaqo asossiz va provokasiondir. Bu haqda Polsha qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Yasek Gorisevskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mondonlik allaqachon bu masalani o‘rganib chiqqan: “Radar tizimi qaydlariga ko‘ra, hech qanday qoidabuzarlik yo‘qligi ma’lum bo‘ldi”.
Bundan tashqari, Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonski Belarusning bunday bayonotlariga sezgir bo‘lish zarurligini ta’kidladi: “Biz voqeani tahlil qilamiz. Provokasion versiya mutlaqo tabiiydir”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus chegarachilari Polsha harbiy vertolyoti mamlakatning Grodno viloyati Berestovich tumanida havo hududini buzganini da’vo qilgan edi.