Polsha prezidenti Karol Navroskiy mamlakatga NATO'ga a’zo davlatlarning qo‘shinlarini kiritishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi
Bu haqda Polsha Milliy xavfsizlik byurosi xabar berdi.
10 sentyabr kuni Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzib kirgan, ularning bir qismi qiruvchi samolyotlar tomonidan urib tushirilgan edi. NATO bunga javoban 12 sentyabr kuni “Sharqiy soqchi” qo‘shma harbiy operasiyasini boshlagandi.