"Bosh vazir Viktor Orbanning Moskvaga tashrifi va uning mazmuni sababli, prezident Karol Navroskiy Vengriyaga tashrif dasturini faqat Estergomdagi “Vishegrad guruhi” davlatlari prezidentlari sammiti bilan cheklashga qaror qildi. Prezident Navroskiy Yevropa xavfsizligi barcha masalalarda, jumladan energetika sohasida ham hamjihatlikdagi harakatlarga bog‘liq, degan fikrda", deyiladi Polsha prezidenti devoni bayonotida.
Polsha prezidenti Karol Navroskiyning Vengriyaga ikki kunlik tashrifi 3 dekabrda boshlanadi, Orban bilan uning uchrashuvi Budapeshtda bo‘lishi kerak edi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 28 noyabr kuni Moskvaga borgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgandi.
Ma’lumot uchun, “Vishegrad guruhi”ga Markaziy Yevropada joylashgan Polsha, Chexiya, Vengriya va Slovakiya davlatlari a’zo.