Varshava Yevropa uchun Amerika suyultirilgan tabiiy gazini yetkazib berish markaziga aylanishni istaydi. Bu haqda Polsha davlat aktivlari vaziri Voysex Balchun RMF FM radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.
"Biz o‘zimiz uchun shunday rolni ko‘ryapmiz. Polsha Markaziy Yevropa va qisman Janubiy Yevropa uchun gaz xabiga aylanishi kerak", dedi u.
Vazirning aytishicha, Polsha allaqachon Gresiya bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning ta’kidlashicha, Gresiya "Evropaga janubdan gaz yetkazib berishni nazorat qilishi mumkin".