Polsha chegara xizmati Belarus bilan chegarani mustahkamlash uchun chegarachilarni qo‘shimcha yollash ishlarini olib boradi.
Bu haqda IIV rahbari Tomash Semonyak "X"dagi sahifasida yozgan.
"Biz Polsha-Belarus chegarasini himoya qilmoqdamiz. Jismoniy to‘siqni mustahkamlagandan so‘ng (noqonuniy muhojirlarga avvalgi hukumat tomonidan qurilgan to‘siqni yengib o‘tish uchun 20 soniya kerak edi) va elektron to‘siqni kengaytirgandan so‘ng (yangi kameralar, datchiklar, yorug‘lik), bufer zonani tashkil qilish va noqonuniy yo‘lboshchilar bilan shafqasizlarcha kurash olib boramiz va ularni gibrid tajovuz xavfi bo‘lgan hududlarni qo‘riqlashga yuboramiz" - dedi vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu yil dastlabki 500 nafar yangi xodim, “keyin yana ming nafar” ishga olinadi.
Ichki ishlar vazirligi rahbarining ma’lum qilishicha, hozirda Polshaning sharqiy chegarasida jami 11 ming nafar chegarachilar, Polsha armiyasi askarlari va polisiya xodimlari xizmat qilmoqda.