Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Polkovnik Rayvis Melnis Latviya mudofaa vazirligi rahbari lavozimini egallaydi

Polkovnik Rayvis Melnis Latviya mudofaa vazirligi rahbari lavozimini egallaydi

Ukraina dronlari bilan bog‘liq voqea tufayli Andris Spruds iste’foga chiqqanidan so‘ng, polkovnik Rayvis Melnis Latviyaning yangi mudofaa vaziri bo‘ladi. Bu haqda Latviya bosh vaziri Evika Silinya o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon polkovnik Rayvis Melnisga mudofaa vaziri lavozimini egallashni taklif qilgan va u rozi bo‘lgan.

"Uning Qurolli Kuchlardagi avvalgi xizmat tajribasi, Londondagi harbiy ta’limi va hozirda Ukrainada olib borayotgan faoliyati milliy mudofaani malakali boshqarishiga ishonch bag‘ishlaydi", — deb yozdi Evika Silinya ijtimoiy tarmoqlarda.

"Latviya harbiy byudjeti YAIMning qariyb 5 foizigacha oshirilgan bir vaziyatda dronlar qulashi bilan bog‘liq hodisaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", — deya ta’kidladi bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, Rayvis Melnisni bu lavozimda hali Seym tasdiqlashi kerak.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!