Polisiya uchun Lucid Air elektromobilining maxsus versiyasini ko‘rsatdi — uning tomida dron va uni zaryadlash uchun qurilma bor. Bunday avtomobillar birinchi bo‘lib Saudiya Arabistoniga yetkazib beriladi.
Ichki qismdan polisiya xodimi kopterni ishga tushirib jinoyatchilarni yoki bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish uchun hududni tekshirishi mumkin.
Avtomobil 819 ot kuchiga ega, 3 soniyada 0-100 km/soat tezlikka erishadi, maksimal tezlik 270 km/soat va bir zaryadda 800 km masofani bosib o‘tadi. AQShda ushbu versiyaning narxi 110 000 dollardan boshlanadi.