Bu haqda Prezident o‘z ma’ruzasida aytdi.
Ta’kidlanganidek, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda stasionar tibbiy xizmatlar kunduzi soat 13-00 ga qadar ishlaydi. Shu sababli, aksariyat aholi shifokor nazorati talab qilinmaydigan kechki davo olish uchun ham shifoxonaga yotishga majbur.
— Bu borada, ya’ni birlamchi tizimda kunduzgi stasionarlar ish vaqtini uzaytirishni so‘rab, 500 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shu bois, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi stasionar ish vaqti soat 20-00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi, — dedi Prezidentimiz.