Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Pole chudes" boshlovchisi Leonid Yakubovichni jiddiy jazo kutmoqda

"Pole chudes" boshlovchisi Leonid Yakubovichni jiddiy jazo kutmoqda

"Pole chudes" ko‘rsatuvi boshlovchisi Leonid Yakubovich katta mojaroga o‘ralashib qoldi. U Cheboksari shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, o‘z avtomobilini piyodalar yo‘lakchasiga chiqib boshqargan.

"Zarafshon" nashri bergan xabarga ko‘ra, Yakubovich Cheboksari shahriga Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Cheboksari shahridagi "Qizil maydon"da "Birinchi kanal" o‘tkazgan xayriya tadbiriga tashrif buyurgan. O‘z avtomobilida tadbirga borayotgan Yakubovichni u bilan yonma-yon ketayotgan avtobus yo‘lda siqib qo‘ygan. Bundan jahli chiqqan Yakubovich o‘z boshqaruvidagi "Lexus"ni piyodalar yo‘lakchasi tomon yo‘naltirgan va yo‘lakcha bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib avtobusning old tomoniga o‘tib mashinani to‘xtatgan va avtobusning harakatlanishini to‘sib qo‘ygan.

Voqea nafaqat Cheboksari shahrida, balki butun mamlakat bo‘ylab shov-shuvga aylanib ketgani  uchun Yakubovich mamlakatdagi taniqli va obro‘li shaxs ekaniga qaramay Cheboksari shahar YHX xodimlari uning qoidabuzarligini imi-jimida yopib yubora olmaganlar va Yakubovichning qoidabuzarligi haqida ish ochganlar. U piyodalar yo‘lakchasida o‘z avtomobilini katta tezlikda boshqarib, piyodalar hayotiga xavf solganlikda ayblanmoqda.

Kiritildi: 11:12 10.06.2019. O'qildi: 7697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!