Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pol Pogba yana Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin

A A A
Pol Pogba yana Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin

Fransiyalik futbolchi Pol Pogba Saudiyaning “An-Nassr” jamoasiga o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, doping tufayli diskvalifikasiya qilingan Pogba 2025 yilning mart oyida maydonga qaytishi kutilmoqda. Futbolchi yanvar oyidayoq mashg‘ulotlarga qo‘shilishi mumkin.

TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, 31 yoshli Polga Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan “An-Nassr” qiziqish bildirmoqda.

Pogba 2021/22 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted”da Ronaldu bilan birga to‘p surgan.

Shuningdek, “Marsel”, “Los-Anjeles” jamoalari ham yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash istagida.

Pogbaning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi mavjud va klub uni bekor qilish arafasida.

Kiritildi: 11:28 26.10.2024. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!