Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pol Pogba: "Bu har qanday futbolchi yoki inson uchun eslatma, chunki biz ertaga tirik bo‘lish-bo‘lmasligimizni bilmaymiz"

Pol Pogba: "Bu har qanday futbolchi yoki inson uchun eslatma, chunki biz ertaga tirik bo‘lish-bo‘lmasligimizni bilmaymiz"

"Monako"ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba "Liverpul" hujumchisi Diogu Jotaning o‘limi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Bir kun avval futbolchi va uning ukasi Ispaniyada sodir bo‘lgan YTH oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. Jota 28 yoshda edi.

"Bu shok edi. Bu haqda ertalab telefonda xabar topdim. Uning oilasiga hamdardlik bildiraman. Bu biz nima bo‘lishi mumkinligini hech qachon bilmasligimizni isbotlaydi. Bu har qanday futbolchi yoki inson uchun eslatma, chunki biz ertaga tirik bo‘lish-bo‘lmasligimizni bilmaymiz. Shunday ekan, hayotdan zavqlaning, oilangiz, sevgan insonlaringiz, hatto sizga ozor bergan insonlaringiz bilan bo‘lgan lahzalardan bahramand bo‘ling.

O‘ch olmoqchi bo‘lganingizda yoki xafa bo‘lganingizda, ertaga siz bu yerda bo‘lmasligingiz yoki ular bo‘lmasligi mumkin. Biz ham o‘zimizda bor vaqtdan zavqlanishimiz kerak. Hamma narsa istalgan vaqtda to‘xtab qolishi mumkin," - deb yozdi Pogba ijtimoiy tarmoqda.

Kiritildi: 09:48 04.07.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!