Pokistonning Karachi shahrida sodir etilgan terakt oqibatida ikki nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi.
"Ikki xitoylik xodim halok bo‘ldi, yana biri yaralandi, shuningdek, bir necha pokistonlik xodim yaralandi", — deya xabar bermoqda "RIA Novosti" Xitoyning Pokistondagi elchixonasiga tayanib.
Qayd etilishicha, Xitoyning Port Qasim Electric Power Company energetika kompaniyasi xodimlarini olib ketayotgan karvonga Jinna xalqaro aeroporti yaqinida terakt sodir etilgan.