Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Pokistondagi portlash qurbonlari soni 83 kishiga yetdi, ularning aksariyati polisiyachilar

A A A
Pokistondagi portlash qurbonlari soni 83 kishiga yetdi, ularning aksariyati polisiyachilar

Pokiston shimoli-g‘arbidagi Peshovar shahridagi masjidda uyushtirilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 83 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning aksariyati polisiyachilardir, deya xabar beradi Euronews.

Kasalxonaga tashrif buyurgan Bosh vazir Shahboz Sharif portlash ortida turganlarga nisbatan «qattiq chora» ko‘rishga va’da berdi. Dastlab Pokistonlik Tolibon qo‘mondoni hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, biroq keyinchalik guruh diniy saytlarga qilingan hujumlar o‘z siyosatiga zid ekanini tushuntirib, buni rad etdi.

Shaharning qattiq qo‘riqlanadigan hududidagi sunniylar masjidiga qilingan hujum so‘nggi yillarda Pokiston xavfsizlik kuchlariga qilingan eng qonli hujumlardan biri bo‘ldi.

Kiritildi: 21:11 31.01.2023. O'qildi: 2459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!