Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokistondagi poyezd portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 nafarga yaqinlashdi

Pokistondagi poyezd portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 nafarga yaqinlashdi

Pokistonning janubi-g‘arbiy Balujiston viloyatida yo‘lovchi poyezdiga qilingan xudkushlik hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 47 kishiga yetdi, ulardan 20 nafari harbiy xizmatchilar edi.

Bu haqda Xinhua agentligi qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar bermoqda.

Yana 98 kishi jarohat olgani haqida ham xabar berilgan.

Hodisa Chaman Phatak tumani orqali o‘tadigan temir yo‘lning bir qismida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilar Qurbon hayitini nishonlash uchun yo‘lga chiqishgandi.

Kiritildi: Bugun 18:01. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!