Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pokistondagi kuchli yomg‘ir oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi kuchli yomg‘ir oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda so‘nggi bir necha kun ichida kuchli musson yomg‘irlari va shunga bog‘liq hodisalar tufayli kamida 45 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Geo TV telekanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qurbonlarning eng ko‘p soni, ya’ni 21 kishi Xayber-Paxtunxva viloyatida qayd etilgan. Sind, Balujiston va Panjob viloyatlaridan ham o‘lim haqidagi xabarlar kelmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlari xavfi kamida shanba kuniga qadar saqlanib qoladi. Qayd etilishicha, bo‘ronli shamol va momaqaldiroq kuchsiz inshootlar, elektr uzatish liniyalari, reklama taxtalari, transport vositalari va quyosh batareyalariga zarar etkazishi mumkin. Tog‘li hududlarda sodir bo‘ladigan ko‘chkilar vaqtinchalik yo‘l kommunikasiyalarini buzishi mumkin.

Kiritildi: 08:30 30.06.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!