Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Pokistonda xudkushlik hujumi qurbonlari soni 16 nafarga yetdi

Pokistonda xudkushlik hujumi qurbonlari soni 16 nafarga yetdi

Pokistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Xayber-Paxtunxva provinsiyasida sodir etilgan xudkushlik hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi.

Bu haqda mahalliy ma’muriyat va xavfsizlik xizmatlari ma’lumotiga tayangan holda TASS agentligi xabar berdi.

Avvalroq 13 nafar kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida ikkita uyning tomi qulagan, hodisa vaqtida olti nafar bola tan jarohati olgan.

Polisiya manbalari hujumni xudkush terrorist amalga oshirganini ma’lum qilgan.

Hozirda hodisa joyida qutqaruv va tergov ishlari olib borilmoqda. Pokiston rasmiylari hujum uchun javobgar shaxslarni aniqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:18 28.06.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!