Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Pokistonda turar uy-joyning portlashi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda turar uy-joyning portlashi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida gaz balloni portlashi oqibatida turar-joy binosi tomi qulab tushdi, 6 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohatlandi.

Bu haqda mahalliy Dawn gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Mardan tumanida sodir bo‘lgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, gaz balon uylardan birida portlagan, shundan so‘ng ikki qavatli binoning tomi qulagan.

Yiqilish natijasida odamlar vayronalar ostida qolib ketishgan – ulardan olti nafari halok bo‘lgan, ikki nafari og‘ir yaralangan.

Etti soat davom etgan qutqaruv operasiyasi davomida vayronalar ostidan 8 kishi olib chiqildi.

Kiritildi: 11:21 08.06.2025. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!