Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Pokistonda toshqinlar oqibatida 1002 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda toshqinlar oqibatida 1002 kishi halok bo‘ldi

26 iyundan buyon Pokistonda kuzatilgan kuchli yomg‘irlar tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari natijasida 1002 kishi vafot etdi.

Pokistonning Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi (NDMA) ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 274 nafar bola va 163 nafar ayol bor. Shuningdek, 1000 dan ortiq odam yaralangan.

Toshqinlar Punjob viloyatida 2,4 milliondan ziyod aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Mahalliy hisobotlarga ko‘ra, 12 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan, 6509 bosh chorva mollari nobud bo‘lgan.

Rahbariyat ta’kidlashicha, bu ofat 2022 yildagi toshqinlarni eslatadi. O‘shanda 1700 dan ziyod odam halok bo‘lgan, mamlakatning uchdan bir qismi suv ostida qolgan va zarar hajmi 32 milliard dollardan ortiq bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 15:02. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!