Pokistonning Noshki (Balujiston) shahridagi N-40 trassasida chegarachilar avtobuslari karvoniga hujum uyushtirildi.
Xorijiy OAV xabar berishicha, hodisa natijasida kamida 12 pokiston askari halok bo‘lgan, 26 nafari yaralangan.
Hujum portlash bilan boshlangani, ortidan Rakshani tegirmoni hududida kuchli otishma boshlangani xabar qilingan.
Portlashni xudkush-terrorchi uy qurilishi moslamasi yordamida amalga oshirgan.
Harbiylarning javob o‘qlari natijasida yana ikki terrorchi yo‘q qilindi. Hudud xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan.
Hujum uchun mas’uliyatni Balujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga oldi.