Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokistonda poyezddagi portlash qurbonlari soni 23 nafarga yetdi

Pokistonda poyezddagi portlash qurbonlari soni 23 nafarga yetdi

Geo TV telekanalining xabar berishicha, bugun Pokistonning Belujiston provinsiyasidagi temiryo‘l yaqinida yuz bergan portlash oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi jarohatlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Balujiston viloyatida Kvetta shahridagi temiryo‘l liniyasi yaqinida yuz bergan. Hodisa oqibatida poyezdlardan biriga qisman shikast yetgan, shuningdek, yaqin atrofdagi to‘xtab turgan avtomobillarga ham zarar yetgan. Portlash to‘lqinidan atrofdagi binolarning oynasi sinib ketgan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, poyezd ichida harbiylar bo‘lib, u Kvetta shahridagi harbiy kazarmaga ketayotgan bo‘lgan. Taxminan yolg‘iz harakat qilgan terrorchi esa portlovchi moddalar ortilgan avtomobil bilan poyezdga borib urilgan.

Kiritildi: Bugun 07:14. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!