Kecha, saylovlar arafasida, Balujiston viloyatida nomzodlar ofislari yaqinida ikkita portlash yuz berdi, 28 kishi halok bo‘ldi. Bugun noma’lum shaxslar saylov uchastkasida o‘q uzib, polisiyachini o‘ldirdi. O‘lkaning shimolida esa, 4 nafar xavfsizlik xodimi, avtomobilidagi bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi.
Harbiylarning aytishicha, saylov kuni mahalliy to‘qnashuvlarda 12 kishi halok bo‘lgan. Hukumat xavfsizlikni ta’minlash uchun 650 mingdan ortiq harbiy va polisiyachini safarbar qildi, butun mamlakat bo‘ylab mobil aloqa va internetni uzib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, Pokistonda 128 million kishi ovoz berish huquqiga ega. Hozir komissiyalar byulletenlarni sanash bilan shug‘ullanmoqda.