Muzokara chog‘ida savdo-iqtisodiy munosabatning bugungi holati atroflicha ko‘rib chiqilib, kelgusidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi.
Poytaxtimizda yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilgan “Made in Pakistan” ko‘rgazmasi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida tovar ayirboshlash ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashda samarali platforma ekani ta’kidlandi.
Tomonlar Pokistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifini ma’qulladilar.
Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirishning amaliy mexanizmi ishlab chiqildi. O‘zbekiston – Pokiston Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini tashkil qilishga kelishib olindi.