Pokiston janubidagi Sind provinsiyasida yana uch kishi dang bezgagidan vafot etdi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy sog‘liqni saqlash departamenti kasallikdan vafot etganlar umumiy soni 36 taga yetgani haqida xabar qilgan.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Haydarobodda 50 yoshli erkak va 80 yoshli ayol, Karachida esa 55 yoshli ayol vafot etgan.
O‘tgan davr mobaynida jami 5 229 ta test o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 774 tasi ijobiy natija bergan. Shu vaqt ichida Sind viloyatidagi kasalxonalarga 180 dan ortiq bemor yotqizilgan, 191 nafar bemor davolanib, chiqarilgan.