Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizini o‘g‘irlab, qiynoqqa solishdi

Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizini o‘g‘irlab, qiynoqqa solishdi

Afg‘onistonning Islomoboddagi elchisi va afg‘onistonlik yuqori martabali diplomatlar Kobulga chaqirildi, deb xabar qildi Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi. Yaqin kelajakda Afg‘oniston delegasiyasining afg‘on elchisi Najibulla Alixilning qizining o‘g‘irlanishini tekshirish uchun Pokistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Hozir qiz kasalxonada - u bir necha soat qiynoqqa solingan.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi ushbu qabih xatti-harakatni keskin qoraladi va uning diplomatik vakolatxonalari xavfsizligidan xavotir bildirdi. Agentlik Pokiston rasmiylarini xalqaro majburiyatlarga muvofiq ravishda diplomatlar va ularning oila a’zolarining daxlsizligini ta’minlash, shuningdek jinoyat uchun javobgar shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Bu afg‘onistonlik diplomatlarga qarshi qilingan birinchi harakat emas. 2008 yilda Afg‘onistonning Peshovardagi bosh konsuli Abdul Xoliq Faraxiy Pokistonda o‘g‘irlab ketilgan edi. Diplomat faqat ikki yildan so‘ng ozod qilindi.

Kiritildi: 04:10 19.07.2021. O'qildi: 4380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!