Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Pokiston va “Tolibon” hukumati o‘rtasidagi muzokaralar Xitoy vositachiligida qayta tiklandi

Pokiston va “Tolibon” hukumati o‘rtasidagi muzokaralar Xitoy vositachiligida qayta tiklandi

Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Pekin bir oydan ortiq davom etgan shiddatli qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng tomonlar o‘rtasida barqaror o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishga harakat qilmoqda, deya xabar beradi agentlik Pokiston rasmiylariga tayanib.

Ikki mamlakat vakillari Xitoyning Urumchi shahrida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Associated Press'ga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan ma’lumot bergan pokistonlik mulozimlar hozircha matbuotga rasmiy bayonot berish vakolatiga ega emasligini bildirdi.

Xitoy tomoni ushbu uchrashuv yuzasidan hozircha izoh bermadi. Pokistondagi manbalarning ta’kidlashicha, muzokaralar bir necha kun davom etishi kutilmoqda.

Pokiston Afg‘onistonni o‘z hududida teraktlar uyushtiradigan jangarilarga, xususan, “Tahriki Tolibon Pokiston”ga boshpana berishda ayblab keladi. Kobul esa bu ayblovlarni rad etadi.

Fevral oyi oxirida boshlangan to‘qnashuvlar so‘nggi o‘n yilliklardagi eng shiddatlisi bo‘ldi. Pokiston Afg‘oniston bilan “ochiq urush” holatida ekanini e’lon qilgan. Mojaro davomida chegaraoldi to‘qnashuvlari va Afg‘oniston hududiga, jumladan Kobulga havodan zarbalar berildi.

Kiritildi: Bugun 12:29. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!