Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pokiston va Afg‘oniston oqsoqollari hukumat ishtirokisiz mahalliy otashkesim sulhiga erishdi

Pokiston va Afg‘oniston oqsoqollari hukumat ishtirokisiz mahalliy otashkesim sulhiga erishdi

Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyatining Pokiston bilan chegaradosh ayrim hududlarida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib Amu TV xabar berdi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, janglarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvda Pokiston hamda “Tolibon” rasmiylari ishtirok etmagan.

Muzokaralarni chegaraning har ikki tomonidagi qabila oqsoqollari olib borgan. Shu sababli ushbu kelishuv qanchalik uzoq davom etishi noma’lum.

Amu TV manbalarining ta’kidlashicha, kelishuv vaqtinchalik xarakterga ega va hali yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Hozircha na “Tolibon” va na Pokiston rasmiylari ushbu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!