Pokiston kelasi oy Rossiya bilan uzoq muddatli xom neft importi bo‘yicha muzokaralar olib boradi.
Bu haqda “News” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Pokiston Energetika vazirligi delegasiyasi Rossiya Federasiyasidan neft yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun 10-oktyabr kuni ushbu mamlakatga uch kunlik tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Mamlakat energiya manbalarini diversifikasiya qilishga va neft mahsulotlarining yuqori narxlariga dosh berishga harakat qilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, yuqori darajadagi delegasiya 10-12 oktyabr kunlari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan energetika anjumanida ishtirok etadi va bu davlat rasmiylari bilan uchrashib, energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qiladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, delegasiya Rossiya xom nefti va suyultirilgan gazini uzoq muddatli yetkazib berish, shuningdek, “Shimol-Janub” gaz quvuri loyihasini muhokama qilishni rejalashtirgan.