Pokiston Qurolli kuchlariga Hindistonga javob zarbasi uchun “harakat erkinligi” berildi. Bu haqda Samaa TV xabar berdi.
Tegishli qaror 7 may kuni bosh vazir Shahboz Sharif boshchiligida o‘tkazilgan Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida qabul qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari Pokiston BMT Nizomining 51-moddasida mustahkamlangan o‘zini himoya qilish huquqiga tayanishini qayd etishdi.
"Pokiston har qanday vaqtda, istalgan joyda va o‘z xohishiga ko‘ra istalgan usulda javob qaytarish huquqini saqlab qoladi", deyiladi Milliy xavfsizlik kengashi bayonotida.
Shuningdek, bayonotda Pokiston mintaqada tinchlikka intilayotganini, biroq suverenitet va milliy qadr-qimmat masalasida hech qanday murosaga borilmasligini ta’kidlandi.