Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Pokiston qimmatbaho tovarlar importini taqiqlaydi

Pokiston qimmatbaho tovarlar importini taqiqlaydi

Bu chora valyuta zaxiralarini saqlab qolishga yordam beradi.

Iqtisodiy favqulodda vaziyat tufayli Pokiston hukumati zarur bo‘lmagan qimmatbaho buyumlarni import qilishni to‘liq taqiqladi.

Taqiqlanadigan tovarlar orasida: avtomobillar, uyali telefonlar, maishiy texnika va kosmetika mavjud. Ushbu chora yoqilg‘i, oziq-ovqat yog‘i va dukkakli ekinlarga ta’sir qilmaydi.

Pokiston Axborot vaziri Marryum Aurangzebning aytishicha, qimmatbaho tovarlarga nisbatan taqiq fevral-may oylari orasida 16,3 milliard dollardan 10 milliard dollarga tushgan valyuta zaxiralarini saqlab qolishga yordam beradi.

Bundan tashqari, mazkur chora tufayli hukumat har yili 6 milliard dollargacha tejashni rejalashtirmoqda.

Ba’zi prognozlarga ko‘ra, bu yil Pokistonning byudjet taqchilligi taxminan 17 milliard dollarni yoki YAIMning 4,5 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.

Kiritildi: 17:13 21.05.2022. O'qildi: 1610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!