Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriyning ahvoli yomonlashgani uchun Karachidagi xususiy shifoxonaga yetkazildi.
Bu haqda Pokiston OAVlari xabar bermoqda.
Pokiston Xalq partiyasiga ko‘ra, ayni damda Zardoriy davolanmoqda va uning ahvolini baholash uchun zarur tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Kasalxona atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi: huquq-tartibot idoralari muassasa hududiga ruxsasiz kirishni chekladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident kasalxonaga yotqizilishidan bir kun oldin Navobshohdagi qarorgohida Milliy majlis spikeri o‘rinbosari G‘ulom Mustafo Shoh hamrohligida Ramazon hayiti namozida qatnashgan edi.
Hozircha uning sog‘lig‘i haqida rasmiy bayonotlar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda BAAga shaxsiy tashrifi chog‘ida Dubayda samolyotdan chiqib ketayotganda oyog‘i singan edi.