Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Pokiston “Islom davlati”ga qarshi kurashda Tolibonga yordam bermoqda

Pokiston “Islom davlati”ga qarshi kurashda Tolibonga yordam bermoqda

Pokiston Afg‘onistonda "Islomiy davlat" terrorchilik guruhiga qarshi kurashda hokimiyatga kelgan “Tolibon” radikal harakatiga yordam bermoqda, deb xabar qildi Washington Post gazetasi toliblarning ism-sharifini oshkor qilmagan holda ikki vakili bergan ma’lumotiga asosan.

Gazetaga ko‘ra, Pokiston Tolibonga “ISHID”ga qarshi kurashda norasmiy razvedka kanallardan foydalanmoqda, ya’ni razvedka ma’lumotlarini uzatish va terrorchilarga qarshi kurashda texnik yordam berish. Xususan, Pokiston birlamchi ma’lumotlarni uzatadi, ISHID a’zolari va ularning operasion markazlarini aniqlash uchun telefon va internet-aloqalarini kuzatishga yordam beradi.

Kiritildi: 20:44 24.10.2021. O'qildi: 2193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!