Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichini tashkil etish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar doirasida 15–18 aprel kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiyaga tashrif buyuradi.
Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Sharif chorshanba kuni Jiddaga Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan uchrashish uchun, keyin esa "joriy ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni muhokama qilish uchun" Qatarga boradi, deb xabar berdi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi.
Sharif Turkiyada prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashishni va beshinchi Antaliya diplomatik forumida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Pokiston prezidenti Asif Ali Zardariyning aytishicha, rasmiy tashrif "tinchlik o‘rnatish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashish uchun keyingi hamkorlikni" mustahkamlaydi.