Pokiston hukumati rahbari Shahboz Sharif Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan Islomoboddagi uchrashuvini "mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan eng iliq va samimiy fikr almashinuv" deb atadi.
"Biz, shuningdek, o‘zaro manfaatli masalalarni, jumladan, Pokiston va Eron o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashni muhokama qildik", — deb yozdi u X tarmog‘ida.