Pokiston Tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar juma kuni Islomobod Afg‘oniston bilan munosabatlarni yaxshilashga va Kobulga elchi tayinlashga qaror qilganini aytdi.
Bu haqda u o‘zining “X” sahifasida yozdi.
"19-may kuni Pokiston delegasiyasi bilan Kobulga qilgan samarali tashrifimdan so‘ng Pokiston-Afg‘oniston munosabatlari ijobiy yo‘nalishda ketmoqda. Bu sur’atni saqlab qolish uchun Pokiston hukumatining Kobuldagi muvaqqat ishlar vakilini elchi lavozimiga ko‘tarish haqidagi qarorini e’lon qilishdan mamnunman", deb yozadi u.