Pokiston shanba kuni Abdali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi.
Bu haqda Pokiston harbiylariga tayanib, Associated Press xabar berdi.
Hisobotga ko‘ra, "er-er" sinfidagi raketa 450 km masofani bosib o‘tgan.
Pokiston harbiylarining bildirishicha, uchirish raketaning "operativ tayyorgarligi va asosiy texnik parametrlari", jumladan, uning ilg‘or navigasiya tizimi va yaxshilangan manevr qobiliyatini sinab ko‘rishga qaratilgan.