Samarqand shahrida joriy yilning 15 may kuni noma’lum shaxs “Samarqand-Zarafshon” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining vagon oynasiga tosh otishi natijasida vagon oynasi darz ketgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi oynasiga Samarqand shahar Motrid mahallasi 37-sonli o‘rta maktabning 5-sinf o‘quvchisi M.B. tosh otganligi aniqlangan. U va onasi bilan tushuntirish ishlari olib borildi.