Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Plastik idishni ochib-yopishning o‘ziyoq zarar!

Plastik idishni ochib-yopishning o‘ziyoq zarar!

Olimlar go‘sht, pishloq, choy paketlari kabi plastmassaga qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari mikro va nanoplastikalar bilan ifloslanishini isbotlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, polimer materiallar bilan zararlanish jarayoni ba’zi mahsulotlarni ochganda, ularni kesish taxtasida (ko‘pincha plastmassadan tayyorlanadi), choy paketini issiq suvga solganda, plastik qopqoqli shishalarni ochib-yopganda sodir bo‘ladi.

Ma’lumki, mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va qadoqlash jarayonida ularda bir necha ming kimyoviy moddalar bilan qorishadi, biz ularni oziq-ovqat bilan birga iste’mol qilamiz. Ushbu moddalar endokrin va reproduktiv tizimlarning turli kasalliklarini, shuningdek, saraton, genetik mutasiyalar va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tadqiqotchilar miya, o‘pka, jigar, qon va hatto ona suti va homila yo‘ldoshida plastik zarralarni topdilar. Karotid arteriya to‘qimalarida topilgan mikro va nanoplastikalar yurak xuruji va insult ehtimolini ikki baravar oshiradi.

Mikroplastmassalarning tarqalishi global muammo bo‘lib, uni hal qilish uchun polimer materiallar ishlab chiqarishni kamaytirish kerak. Plastik idishlar o‘rniga metall, zanglamaydigan po‘lat yoki shisha idishlardan foydalaning. Mikroto‘lqinli pechda plastik qadoqdagi ovqatni isitmang.

Kiritildi: 06:54 08.08.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!