Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Piyoz 3 ming, go‘sht 85 ming so‘m: “Chorsu” bozoridagi narxlar o‘rganildi

Piyoz 3 ming, go‘sht 85 ming so‘m: “Chorsu” bozoridagi narxlar o‘rganildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Chorsu” dehqon bozoridagi narxlar o‘rganildi.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’mol bozorlaridagi 10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari doimiy monitoring qilib boriladi. Toshkent shahrida joylashgan “Eski jo‘va” (Chorsu) dehqon bozorida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning chakana narxlari bugungi kun holatiga quyidagicha:

Mahalliy un (1-nav) – 6 000 so‘m

Mahalliy un (oliy nav) – 8 000 so‘m

Qolipli non – 3 000 so‘m

Mol go‘shti (suyakli) – 70 000 – 85 000 so‘m

Qo‘y go‘shti – 90 000 so‘m

Parranda go‘shti – 30 000 so‘m

Tuxum – 1 000 – 1 500 so‘m

Paxta yog‘i – 15 000 so‘m

Kungaboqar yog‘i – 19 000 so‘m

Shakar – 13 000 – 15 000 so‘m

Guruch (alanga) – 17 000 – 22 000 so‘m

Qadoqlangan sut (mahalliy) – 11 000 – 14 000 so‘m

Kartoshka – 4 000 – 5 000 so‘m

Piyoz – 2 500 - 3 000 so‘m.

Joriy yil iyun oyida O‘zbekistonda mavsumiy deflyasiya qayd etilib, tovar va xizmatlar narxlari 0,2 foizga pasaydi. Iyun oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari 1,8 foizgacha arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashgan. Yillik nisbatda esa oziq-ovqatlar narxida 3,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 7,9 foiz, xizmatlarda 27,9 foiz o‘sish kuzatilgan.

Kiritildi: 18:04 04.07.2024. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!