Jizzax viloyatida surxondaryolik qiz vafot etdi.
1997 ylda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Mahfirat Ziyodullayeva tongda soat 4:00 larda yo‘lning chetida turgan vaqtda "Neksiya" tomonidan urib yuborilgan va ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay kasalaxonada vafot etgan. Qizni urib yuborgan haydovchi birinchi yordamni ko‘rsatish o‘rniga voqea joyidan qochib ketgan.
Tezkor tadbirlar natijasida piyodani urib yuborgan haydovchi ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqeani Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1994 yilda tug‘ilgan yigit sodir etganligi aniqlangan. U qizni urib yuborgandan so‘ng mashinasiga yetkazilgan shikstni ham tuzitishga ulgurgan bo‘lgan.
"Men odam urib qo‘ydim deb o‘ylamadim. Mashinadan biron nima tushib qoldim deb o‘yladim. Odam urib qo‘yganimni bilganimda bunaqa qilmasdim. Hozir mening holatim juda og‘ir", - deydi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi.