Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Piyoda umriga zomin bo‘lgan haydovchi aniqlanib, qo‘lga olindi

A A A
Piyoda umriga zomin bo‘lgan haydovchi aniqlanib, qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida shu yilning 7 mart kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Saksonota mahallasi hududidan o‘tuvchi Chirchiq-Yangibozor-O‘rtasaroy yo‘lining 26-km.da haydab ketayotib, Navnihol ko‘chasi raqamsiz uyda yashagan S.J.ni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada S.J. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yangibozor qo‘rg‘oni Marhabo ko‘chasida yashovchi R.N. VAZ-2102 rusumli avtomashinada sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 09:55 11.03.2019. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!