Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.A.” va “Y.C.” MCHJ rahbarlari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ushbu MCHJlarga ajratilgan jami 500 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.