Jerar Pike Lionel Messining o‘yinlariga qoyil qolishini bildirdi.
«Messi har doim boshqalardan ajralib turgan. Krishtianu — odamlar ichida eng zo‘ri, lekin Leo — o‘zga sayyoralik, u bu sayyoradan emas.
Leoning har kuni aql bovar qilmaydigan ishlar bilan shug‘ullanayotganini ko‘rdim, bunday tez fikrlovchi va qat’iyatli boshqa futbolchi yo‘q. U 13 yoshida kelgan va «Barsa» yoshlarida ham, asosiy jamoada ham xuddi shunday o‘ynagan», — deydi «ko‘k-anorranglilar» sobiq himoyachisi.
Ma’lumot uchun, Pike Messi bilan «Barselona»da, Ronaldu bilan «MYu»da birga o‘ynagan.