Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qaror 2025 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Yevropa Kengashi sammitida qabul qilingan bo‘lib, unda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukrainaga kredit ajratishga kelishib olgan.
Vengriya, Chexiya va Slovakiya dastlab moliyalashtirishda ishtirok etmaslik sharti bilan Kiyev uchun kreditni qo‘llab-quvvatlagandi, biroq keyinchalik Budapeshtning pozisiyasi o‘zgardi.
Madyar Orbanni tanqid qilib, uning Yevropa Ittifoqining asosiy masalalari bo‘yicha pozisiyasi bir necha bor o‘zgarganini ta’kidladi.
"Men bu qaror nima uchun o‘zgartirilishi kerakligini tushunmayapman. Viktor Orbanning qarashlari doim o‘zgarib turadi: u avvaliga qarorlarni qo‘llab-quvvatlaydi, keyin esa ularni rad etadi", — dedi siyosatchi.
Biroq Madyar Vengriya mamlakat og‘ir moliyaviy ahvolda bo‘lganligi sababli, ushbu kreditda moliyaviy jihatdan ishtirok etmasligini ta’kidladi. U buni amaldagi hukumatning noto‘g‘ri iqtisodiy siyosati bilan bog‘ladi.