Rossiya Eron rahbariyati bilan doimiy aloqada bo‘lib, Yaqin Sharqdagi mojarodan jabr ko‘rgan mamlakatlar rahbarlari bilan ham aloqada bo‘lib turadi.
Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Biz Eron rahbariyati bilan doimiy aloqada bo‘lib, ushbu mamlakat atrofidagi vaziyatni muhokama qilmoqdamiz. Shu bilan birga, biz mojarodan jabr ko‘rgan mamlakatlar, jumladan, Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari bilan aloqamizni davom ettirmoqdamiz", deb ta’kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda erishilgan yutuqlar haqidagi xabarlarga qaramay, "vaziyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz darajasiga qadar yomonlashganidan" hafsalasini pir qilmoqda.