Putin tomonidan “G‘alaba kuni” munosabati bilan taklif qilingan sulh tashabbusi Ukrainani sinovdan o‘tkazish uchun bildirilgan edi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi xabar berdi.
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Kiyevning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlashga tayyorligini tekshirmoqchi bo‘lgan.
Peskov, shuningdek, Rossiya Ukrainadan “G‘alaba bayrami kunlari” vaziyatni yumshatishga qaratilgan aniq harakatlarni kutayotganini qo‘shimcha qildi.