Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Reuters agentligi xabariga izoh berib, Rossiya butun Ukraina hududiga da’vo qilmayotganini bildirdi.
Shu bilan birga, AQSh razvedkasi Vladimir Putin hali ham Ukrainani to‘liq nazoratga olish va sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan Yevropaning ayrim hududlarini qaytarishni ko‘zlayotganini ta’kidlamoqda. Bu haqda Reuters’ga razvedka hisobotlaridan xabardor olti manba ma’lum qilgan.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning maqsadi butun Ukraina emas, balki boshqa manfaatlar bilan bog‘liq.