Peru shimolidagi Amazonas mintaqasida polisiya vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida 11 kishi jabrlandi.
Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.
"Mudofaa vaziri yarador polisiyachilarni shifoxonada davolanish uchun poytaxt Limaga olib borishda yordam berish uchun aerodromga yetib keldi. Yaradorlardan sakkiz nafari polisiya samolyotida kasalxonaga yetkazildi. Qolgan uch nafari esa Peru armiyasi samolyotida olib ketildi", - deb ta’kidladi departament.