Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Perevod" masalasi: bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?

"Perevod" masalasi: bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Bu eng ko‘p beriladigan savollardan biri. Masalan, kunduzgidan kechkiga o‘tkazsa bo‘ladimi, sirtqidan kunduzgigachi va h.k.

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Kunduzgi ta’limdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi: 
• kunduzgi; 
• sirtqi; 
• kechki (smenali).

Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqiga ko‘chirib bo‘lmaydi.

Sirtqi ta’limdan ruxsat etiladi: 
• sirtqi (faqat bir ta’lim sohasi doirasida); 
• kechki (smenali).

Sirtqi ta’limdan kunduzgi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.

Kechki ta’limdan ruxsat etiladi: 
• kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida);
• kunduzgi.

Kechki ta’limdan sirtqi hamda maxsus sirtqi ta’limga ko‘chirib bo‘lmaydi.

Maxsus sirtqi ta’limdan boshqa ta’lim shakliga ko‘chirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida boshqa ta’lim shakllaridan maxsus sirtqiga ko‘chirish talabi ham rad etish uchun asos bo‘ladi. Faqat maxsus sirtqida bir ta’lim sohasi doirasidagina ko‘chirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko‘chira olmaydi.

Kiritildi: 13:17 20.01.2020. O'qildi: 8945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!