Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Peres «Real» tarixidagi rekord transferni va’da qildi: «U Ronaldu darajasidagi superyulduz»

Peres «Real» tarixidagi rekord transferni va’da qildi: «U Ronaldu darajasidagi superyulduz»

«Real» prezidenti Florentino Peres agar prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, klub 150 million yevro evaziga yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashini e’lon qildi.

«Seshanba kuni men Chempionlar Ligasida qatnashadigan klublardan biriga superyulduz futbolchi borasida ulkan taklif yuboraman. Biz kamida 150 million yevro to‘laymiz. Men «Real» tarixidagi eng qimmat futbolchini sotib olishga harakat qilaman. Muxlislar hammasini keyingi haftada bilib olishadi. Bu Maykl Olise emas. U ajoyib futbolchi, lekin gap u haqida ketmayapti.

Himoyachimi? Yo‘q. Bu aql bovar qilmaydigan darajada qiziqarli futbolchi. Hammasini keyingi hafta bilib olasiz. U Krishtianu Ronaldu darajasidagi superyulduz. Odamlar shunchaki bunga ishonishmaydi. Tarkibimizda Mbappe va Vinisius bo‘lgani uchun u hujumchi emasmi? Nima ham derdim, shunday deyman: «Madridga doim ko‘prog‘i kerak». Men qaysi superyulduzni nishonga olganimni baribir topa olmaysiz. Bu Olise ham, Xoland ham, Keyn yoki Doku ham emas. Hozir uning ismini aytmayman. Madridliklar, seshanba kuniga tayyorlaning. Men hech qachon umidlarni puchga chiqarmayman. Maqsadim — muxlislarni hayratda qoldirish. Bunga erishish uchun o‘z vaqtida Zidan, Figu, Bekxem, Krishtianu, Kakalarni transfer qilganman... Bu futbolchi ham aynan o‘shalar toifasidan.

Aytgancha, agar mabodo kimdir bilmasa, eslatib o‘taman: bunday holatlarda biz avvalo futbolchi tegishli bo‘lgan klub bilan bog‘lanamiz», — deya Peresning so‘zlarini keltiradi Diario AS nashri.

«Real» prezidentligi uchun saylovlar shu yakshanba, 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 10:28. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!